«qoraqalpog‘iston voqealari» tegli maqolalar


Nukus ishi bo‘yicha 40 ga yaqin mahkum yaqinlari bilan qisqa muddatli uchrashuvlar o‘tkazdi
3 aprel 2023, 23:12

Nukus ishi bo‘yicha 40 ga yaqin mahkum yaqinlari bilan qisqa muddatli uchrashuvlar o‘tkazdi

Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan 39 nafar mahkumning oila a’zolari bilan qisqa muddatli uchrashuvlari tashkil etildi. Bu masalada Parlament komissiyasi tomonidan Oliy sudga iltimosnoma kiritilgan. Shuningdek, komissiya Buxoroga yo‘l xarajatlarini qoplashga ham yordam bergan.

Mustaqil komissiya suddan Nukus ishi bo‘yicha 39 nafar ayblanuvchiga adolatli jazo so‘radi
17 mart 2023, 11:00

Mustaqil komissiya suddan Nukus ishi bo‘yicha 39 nafar ayblanuvchiga adolatli jazo so‘radi

Qoraqalpog‘istondagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha mustaqil komissiya a’zolari sud raisidan Nukus ishi bo‘yicha 39 nafar ayblanuvchiga nisbatan insonparvarlik tamoyillari asosida, adolat mezonlariga muvofiq jazo tayinlanishini so‘radi.

Nukus ishi bo‘yicha 39 nafar sudlanuvchining hukmlari 17 mart kuni e’lon qilinadi
14 mart 2023, 22:38

Nukus ishi bo‘yicha 39 nafar sudlanuvchining hukmlari 17 mart kuni e’lon qilinadi

O‘tgan yil iyul oyida Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha 39 nafar sudlanuvchiga nisbatan hukmlar 17 mart kuni e’lon qilinadi.

Parlament komissiyasi Polat Shamshetovning tergov hibsxonasidagi o‘limi bilan bog‘liq holatni o‘rganadi
5 fevral 2023, 20:09

Parlament komissiyasi Polat Shamshetovning tergov hibsxonasidagi o‘limi bilan bog‘liq holatni o‘rganadi

Nukus voqealari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazuvchi parlament komissiyasi Qoraqalpog‘iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limining sobiq boshlig‘i Polat Shamshetovning Buxorodagi tergov izolyatorida vafot etgan holatini o‘rganishini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha sud tergovi yakunlandi. Endi navbat — muzokaralarga
10 yanvar 2023, 21:07

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha sud tergovi yakunlandi. Endi navbat — muzokaralarga

Qoraqalpog‘istondagi voqealar to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha sud yakunlovchi bosqichga o‘tmoqda: sud tergovi yakunlandi, endi navbat — muzokaralarga. So‘nggi kunlarda tomonlar ish bo‘yicha videomateriallar va boshqa ashyoviy dalillarni o‘rganishdi.

Qoraqalpog‘istonda 1−2 iyul kunlari halok bo‘lganlarning ro‘yxati e’lon qilinadimi? Bosh prokuratura javobi
14 dekabr 2022, 19:00

Qoraqalpog‘istonda 1−2 iyul kunlari halok bo‘lganlarning ro‘yxati e’lon qilinadimi? Bosh prokuratura javobi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘istondagi voqealar vaqtida halok bo‘lganlarning ismlari va ularning o‘limlari sabablari sud jarayonida birma-bir e’lon qilinib, muhokama etiladi. Halok bo‘lganlar ro‘yxati shu vaqtgacha e’lon qilinmagan.

Nukus voqealari bo‘yicha nega Buxoroda o‘tmoqda va jarayon uchun sudya qanday tanlangan?
14 dekabr 2022, 18:41

Nukus voqealari bo‘yicha nega Buxoroda o‘tmoqda va jarayon uchun sudya qanday tanlangan?

Nukus voqealari bo‘yicha ayblanayotgan 22 kishining sud jarayoni uchun sudya biror shaxs tomonidan emas, balki axborot tizimi tomonidan tanlangan. Bosh prokuraturaning tushuntirishicha, sudning Nukusda emas, Buxoroda o‘tayotgani Qoraqalpog‘istondagi tergov hibsxonasidagi ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.

Nukus voqealarida namoyishchilarga qarshi qurol ishlatilgani bo‘yicha alohida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
14 dekabr 2022, 17:58

Nukus voqealarida namoyishchilarga qarshi qurol ishlatilgani bo‘yicha alohida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Nukus voqealarida namoyishchilarga qarshi qurol qo‘llanilishining qonuniyligi alohida jinoyat ishi doirasida tergov qilinmoqda. Bosh prokuratura «jamoatchilikni xavotirga solayotgan ushbu holatlar»ga huquqiy baho berilishi, agar holatlar tasdiqlanib, ish sudga oshirilsa, sud ochiq tartibda o‘tishini ma’lum qildi.

Nukus voqealari bo‘yicha jami 171 kishi ayblanmoqda — Bosh prokuratura
14 dekabr 2022, 17:33

Nukus voqealari bo‘yicha jami 171 kishi ayblanmoqda — Bosh prokuratura

Qoraqalpog‘istonda 1−2 iyul kunlari yuz bergan voqealar yuzasidan qo‘zg‘atilgan birinchi va 22 kishiga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud Buxoro viloyatida davom etmoqda. Bosh prokuratura yana 39 kishiga daxldor ikkinchi jinoyat ishi bo‘yicha tergov yakunlanayotganini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha sud jarayonlari boshlanmoqda
26 noyabr 2022, 19:32

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha sud jarayonlari boshlanmoqda

Joriy yilning iyul oyida Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘yicha sud jarayonlari 28 noyabr kuni boshlanadi.

Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlangan yana 35 kishi ozodlikka chiqarildi
1 noyabr 2022, 14:32

Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlangan yana 35 kishi ozodlikka chiqarildi

Qoraqalpog‘istondagi iyul voqealarida ishtirok etganlikda gumon qilinib, ozodlikka chiqarilganlar soni 107 nafarga yetdi. Noyabrning ilk kunida parlament komissiyasi tashabbusi bilan yana 35 kishi jamoat kafilligi asosida uyiga qaytarildi.

Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda qatnashganlikda gumonlangan yana 38 kishi oilasi bag‘riga qaytarildi
14 oktabr 2022, 17:19

Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda qatnashganlikda gumonlangan yana 38 kishi oilasi bag‘riga qaytarildi

Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda ishtirok etganlikda gumonlangan yana 38 kishi oilalari bag‘riga qaytarildi. Ular Jo‘qorg‘i Kenges raisining so‘rovi va deputatlik kafolatlari asosida hibsxonadan chiqarildi. Avvalroq 34 nafar gumondor ham ozodlikka chiqarilgandi.

Qoraqalpog‘istonda namoyishlarda qatnashganlikda gumonlangan yana 10 kishi jamoat kafilligi asosida oilalariga qaytarildi
30 avgust 2022, 21:46

Qoraqalpog‘istonda namoyishlarda qatnashganlikda gumonlangan yana 10 kishi jamoat kafilligi asosida oilalariga qaytarildi

Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda ishtirok etganlikda gumonlanayotgan 10 nafar fuqaroning qamoq ehtiyot chorasi uy qamog‘iga almashtirildi. Avvalroq 24 kishining jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarilgani xabar qilingan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting